ZehnProtect
Telegram orqali keladigan firibgarlik va fishing xabarlaridan ogohlantiruvchi aqlli xavfsizlik ilovasi.
Faqat Android uchun · Android 8.0 va undan yangi versiyalar.
Loyiha haqida
ZehnProtect — Android uchun xavfsizlik ilovasi. U Telegram'da kelgan firibgarlik va fishing xabarlarini aniqlab, sizni ogohlantiradi. Shubhali havola, APK yoki boshqa faylni esa ilovaning o'zida tekshirib ko'rishingiz mumkin.
Fishing va scam'dan himoya
Soxta havolalar, “bank xodimi” yoki davlat idorasi nomidan yozish, sovg'a va yutuq va'dasi singari firibgarlik usullarini aniqlab, foydalanuvchini ogohlantiradi va sababini tushuntirib beradi.
Real vaqt rejimida
Telegram himoyasi yoqilgan bo'lsa, yangi xabarning bildirishnomasi kelishi bilan qurilmaning o'zida tekshiriladi. Xavfli xabar aniqlansa, darhol ogohlantirish chiqadi — havolani ochish-ochmaslik qarori sizda qoladi.
Maxfiylik birinchi o'rinda
Tekshirilgan xabarlar matni va tahlil tarixi faqat telefoningizda qayta ishlanadi va saqlanadi — hech qanday serverga, jumladan bizning serverimizga ham yuborilmaydi. Tarmoqqa faqat siz o'zingiz tekshirgan havolalar, fayllarning xesh qiymati (tekshiruv xizmatlariga) va ro'yxatdan o'tish ma'lumotlari chiqadi — batafsil Maxfiylik siyosatida.
Doimiy takomillashish
Firibgarlarning yangi usullariga qarab tahlil qoidalari yangilanib boradi — yangilanishlar Google Play orqali ilova yangilanishi bilan keladi.
Qanday boshlash kerak
-
O'rnating
ZehnProtect'ni Google Play'dan o'rnating. Ilova faqat Android uchun.
-
Telegram orqali ro'yxatdan o'ting
Ism va yoshingizni kiriting. Ilova @ZehnProtectBot'ni ochadi: u yerda raqamingizni ulashing va bot yuborgan kodni ilovaga kiriting. Buning uchun telefoningizda Telegram bo'lishi kerak.
-
Telegram himoyasini yoqing
Ilova ichida Telegram himoyasini yoqing va bildirishnomalarga kirish ruxsatini bering. Shundan so'ng Telegram'ga kelgan xabarlar qurilmangizda tekshiriladi.
Fikr va takliflaringiz
ZehnProtect haqida fikr, taklif yoki muammo bo'lsa — bizga yozing. Ro'yxatdan o'tish shart emas.